«janubiy koreya» tegli maqolalar


Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi
13 aprel 2024, 16:45

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozondi

Janubiy Koreyadagi parlament saylovlarida muxolifat hukmron partiyadan ancha ilgarilab ketib, g‘alaba qozondi. Saylovda ishtirok etish ko‘rsatkichi so‘nggi 32 yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi
28 fevral 2024, 23:25

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi

Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29-fevralgacha mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishi so‘raldi
17 fevral 2024, 12:21

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29-fevralgacha mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishi so‘raldi

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Janubiy Koreyadagi 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi
3 fevral 2024, 10:50

Janubiy Koreyadagi 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.

Janubiy Koreya parlamenti itlarni yeyish uchun ko‘paytirish va so‘yishni taqiqladi
9 yanvar 2024, 16:12

Janubiy Koreya parlamenti itlarni yeyish uchun ko‘paytirish va so‘yishni taqiqladi

Janubiy Koreya parlamenti oziq-ovqat iste’moli uchun itlarni ko‘paytirish va so‘yishni taqiqlovchi hujjatni ma’qulladi. Qoidabuzarlarga nisbatan qamoq va jarima jazosi bor. Taqiqning kiritilishi mamlakat prezidentining saylovoldi va’dalaridan biri sanaladi.

KXDR Janubiy Koreya orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi
5 yanvar 2024, 16:24

KXDR Janubiy Koreya orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi

KXDR Janubiy Koreyaning Pengnyong va Yonpyong orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi. Janubiy Koreya hukumati buni “provokatsiya” deb atadi va mahalliy aholi evakuatsiya qilinishini bildirdi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishiga moslashishda hamkorlik qiladi
23 oktabr 2023, 09:51

O‘zbekiston va Janubiy Koreya iqlim o‘zgarishiga moslashishda hamkorlik qiladi

Prezident O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi
4 oktabr 2023, 19:47

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashdi
20 sentabr 2023, 10:07

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashdi

Nyu-York shahrida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturi imzolandi
12 sentabr 2023, 12:51

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturi imzolandi

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma (TIPF) imzolagan mintaqadagi birinchi va dunyoda yettinchi davlat bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Seulda qator muzokaralar o‘tkazdi.

“Murosa variantini topdik”. Energetika vaziri — Janubiy Koreyaga gaz uchun 1 mlrd dollar qarzni to‘lash haqida
12 sentabr 2023, 10:08

“Murosa variantini topdik”. Energetika vaziri — Janubiy Koreyaga gaz uchun 1 mlrd dollar qarzni to‘lash haqida

O‘zbekiston va Janubiy Koreya qo‘shma gaz loyihasi doirasida “O‘ztransgaz”ning Koreya kompaniyalari oldidagi qarzini to‘lash bo‘yicha “murosa variantini” topdi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, loyihada ishlab chiqariladigan xomashyo va tovar gaziga tariflarni o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonlik erkak Janubiy Koreyadagi terror tashkilotni moliyalashtirishda gumonlanmoqda
21 avgust 2023, 10:24

O‘zbekistonlik erkak Janubiy Koreyadagi terror tashkilotni moliyalashtirishda gumonlanmoqda

Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari hamkorlikni muhokama qildi
1 avgust 2023, 18:22

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Toshkentda janubiy koreyalik hamkasbi Li Jong Sup bilan uchrashdi. The Korea Herald nashri uchrashuvdan mudofaa va qurol-yarog‘ sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingani haqida yozdi.

Janubiy Koreya Jizzaxda chiqindixona gazlarini ushlab qolishga yordamlashadi
28 may 2023, 14:41

Janubiy Koreya Jizzaxda chiqindixona gazlarini ushlab qolishga yordamlashadi

Janubiy Koreya Jizzaxda tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qiluvchi va poligon gazlarini ushlab qoluvchi obyektlar quradi. 6,6 mln dollarlik loyihani amalga oshirish bitimi mamlakat Atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti hamda O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi o‘rtasida imzolandi.

O‘zbekiston Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun tayyor charm yetkazib berishi mumkin
5 aprel 2023, 11:54

O‘zbekiston Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun tayyor charm yetkazib berishi mumkin

Janubiy Koreyadagi avtomobilsozlik korxonalariga charm yetkazib beruvchi JM kompaniyasi Toshkent viloyatida qo‘shma korxona ochishi mumkin. U yerdagi charm Koreya kompaniyalariga yetkaziladi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondan tayyor va yarimtayyor charmni xarid qilishni boshlaydi.

U-20: O‘zbekiston Janubiy Koreyani yengib, finalga yo‘l oldi
15 mart 2023, 21:46

U-20: O‘zbekiston Janubiy Koreyani yengib, finalga yo‘l oldi

U-20 Osiyo kubogining yarim finalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuv penaltilar seriyasigacha davom etdi. Yakunda 3:1 hisob bilan O‘zbekiston futbol terma jamoasi finalga yo‘l oldi.

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor
30 oktabr 2022, 10:30

Seuldagi tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, ular orasida o‘zbekistonlik ham bor

Janubiy Koreya poytaxti Seul markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, 82 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik, jumladan, kamida bir nafar o‘zbekistonlik ham borligi aniqlandi.

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi
10 mart 2022, 07:30

Janubiy Koreyada yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyada muxolifatdagi Fuqarolik kuchlari partiyasidan nomzod, sobiq bosh prokuror Yun Sok Yol mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 fevral 2022, 22:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzolagani, Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlangani, dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilingani, Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 yanvar 2022, 20:15

Jahon yangiliklari dayjesti

Yevropa Ittifoqining Ukraina tufayli Rossiyaga valyuta konvertatsiyasi, eksport va importni cheklashga ruxsat bergani, Qozog‘istonda antiterror operatsiyalar rejimining bekor qilingani, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning koronavirusga chalingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting